Get Mystery Box with random crypto!

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan ken | Ekologiya vazirligi | Министерство Экологии | Ministry of Ecology

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar jarayonida saksovullarni muhofaza qilishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Olib borilayotgan ishlar va domiy ravishda tashkil etilayotgan reyd tadbirlari bilan bir qatorda keng jamoatchilk ishtirokini ta'minlash borasida ham chora-tadbirlar yo‘lga qo‘yilayapti.

Joriy yilning 24-sentabr kuni Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi mas'ullari ishtirokida o‘tkazilgan jamoatchilik yig'ilishi bevosita shu masalaga bag‘ishlandi.

Unda viloyat hokimi boshchiligida sektorlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari Peshku tumani “Boboxoji” mahallasi, Shovari qishlog’ida viloyat hududida saksovul o’simligini payhon qilish, noqonuniy ravishda kesib talon-taroj qilinishi borasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish bilan bog’liq amalga oshirilayotgan ishlar muhokama etildi.

Batafsil