Get Mystery Box with random crypto!

O'zbekistondan yangi o'simlik turi kashf etildi O'zbekiston R | Ecobiome R&D

O'zbekistondan yangi o'simlik turi kashf etildi

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti olimlari va ularning xalqaro hamkorlari birgalikda Surxondaryo viloyati Boysun tumanidan ayiqtovondoshlar (Ranunculaceae) oilasi ayiqtovonlar (Ranunculus) turkumiga mansub yangi o'simlik turini kashf etishga muvaffaq bo'lishdi. Ayiqtovonlar turkumining Yer yuzida 600 atrofida turi bo'lib, ularning 90 dan ortig'i Markaziy Osiyo hududida qayd etilgan.

Ushbu turkumning mamlakatimiz hududidan kashf etilgan so‘nggi turi bundan 80 yilcha avval aniqlangan edi. Yangi tur o'lkamiz o'simliklarini o'rganishga o'zining ulkan hissasini qo'shayotgan botanik olim akademik Komiljon Tojiboyev sharafiga Ranunculus tojibaevii deb nomlandi. Kashfiyot bugun xalqaro PhytoKeys ilmiy jurnalida nashr qilindi.

Ushbu kashfiyot bilan mamlakatimiz botanik olimlarini chin qalbdan tabriklaymiz!

@hujayrauz