Get Mystery Box with random crypto!

ORCID tadqiqotchilarga raqamli identifikatorni taqdim etuvchi | Ecobiome R&D

ORCID tadqiqotchilarga raqamli identifikatorni taqdim etuvchi notijorat tashkilot hisoblanadi. Ushbu ORCID identifikatorlari muharrirlar, moliya agentliklari, nashriyotlar va ta’lim muassasalari tomonidan ishlatilishi mumkin bo’lib, ular ORCID ID lardan tadqiqotchilarni aniqlash uchun foydalanish mumkin.
Joriy yilning mart oyida ORCID Tadqiqotchilar Maslahat Kengashi (ORAC) ning birinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Unda ORCID ning 2022-2025 yillar uchun strategik mavzulari va 2022 yildan ORCID dagi yangi imkoniyatlar va maqsadlar muhokama qilindi.
Men O’zbekistondagi barcha ilm-fan sohasida faoliyat olib borayotgan tashkilotlar, olimlar va talabalarga ORCID dan ro’yxatdan o’tib, ORCID ID (raqamli identifikator) larga ega bo’lishlarini maslahat beraman. ORCID ID haqida va undan qanday qilib samarali foydalanish borasida yaqin kunlarda webinar tashkil etilishi ham ko’zda tutilgan.
Batafsil : https://orcid.org

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram |Web sahifa