Get Mystery Box with random crypto!

#Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon | Samarqand viloyati hokimligi

#Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Samarqand viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi:
— Tibbiy yordamni tashkillashtirish bo'limi boshlig'i o'rinbosari;

— Onalar va bolalarga tibbiy yordamni tashkillashtirish shu'basi bosh mutaхassisi;

— Tibbiy yordamni tashkillashtirish bo'limi yetakchi mutaхassisi;

Narpay tumani Tibbiyot birlashmasi: boshlig'ining onalik va bolalikni muhofaza qilish bo'yicha o'rinbosari;

Qo‘shrabot tumani Tibbiyot birlashmasi: Koordinator;

Pastdarg‘om tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo‘limi: boshlig'i;

Payariq tumani Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi: boshlig'i;

Paxtachi tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi:
— boshlig'i;

— bosh hisobchisi;

Darg‘om davlat o‘rmon ishlab chiqarish korxonasi: O'rmon kadastr mutaхassisi;

Pastdarg‘om tumani hokimligi:
— Tashkiliy-kadrlar guruhi bosh mutaхassisi;

— "Qo'shchinor" mahallasidagi hokim yordamchisi;

Yoshlar ishlari agentligi Jomboy tumani bo‘limi: "Dehqonobod" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

Yoshlar ishlari agentligi Samarqand tumani bo‘limi: "Jo'yi Abbos" mahallasidagi yoshlar yetakchisi;

Oqdaryo tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Oqdaryo" mahallasidagi хotin-qizlar faoli.

Arizalar 13.06.2023-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

Agentlikning Samarqand viloyati filiali — 55-701-11-13

Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos