Get Mystery Box with random crypto!

Shu yilning 16-18-may kunlari Samarqand shahrida Yevropa tikla | Samarqand viloyati hokimligi

Shu yilning 16-18-may kunlari Samarqand shahrida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki boshqaruv kengashining yillik yigʻilishi oʻtkaziladi. Mazkur muhim tadbirni yuqori saviyada oʻtkazilishi munosabati bilan shu kunlari Samarqand shahrining ayrim koʻchalarida transport vositalarining harakatlanishi vaqti-vaqti bilan cheklanadi.

Harakat qatnovi cheklangan koʻchalarda tez tibbiy yordam va favqulodda vaziyatlar boʻlinmalari transport vositalariga istisno tariqasida harakatlanish uchun ruxsat beriladi.

Hurmatli yurtdoshlar va aziz mehmonlar! Yuzaga keladigan noqulayliklarni toʻgʻri tushungan holda belgilangan tartibga amal qilib, tadbirni yuksak saviyada oʻtishiga hissa qoʻshaylik!