Get Mystery Box with random crypto!

#Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon | Samarqand viloyati hokimligi

#Samarqand viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Samarqand viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

Samarqand viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi: boshlig'i;

Pastdarg‘om tumani hokimligi: Bolalarni himoya qilish shoʻbasi mudiri;

Paxtachi tumani hokimligi: hokimning qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bosh mutaxassisi;

Paxtachi tumani hokimligi: hisobchisi;

Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligi: "Kattaming" mahallasidagi hokim yordamchisi;

Samarqand shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Turon" mahallasidagi хotin-qizlar faoli;

Samarqand tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi: "Nayzateppa" mahallasidagi хotin-qizlar faoli.

Arizalar 22.04.2023-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

Agentlikning Samarqand viloyati filiali — 55-701-11-13

Murojaat uchun bot — @vacancy_argos_bot

Vakansiyalar kanali — @vacancy_argos