Get Mystery Box with random crypto!

Samarqand viloyatida 37 862 ta kichik tadbirkorlik subyekti fa | Samarqand viloyati hokimligi

Samarqand viloyatida 37 862 ta kichik tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritadi


Statistika agentligi maʼlumotiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yilning 1-aprel holatiga faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari 420 759 ta (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 417 215 tani tashkil etgan.

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlariga ega hududlar:

• Toshkent shahrida – 82 237 ta
• Toshkent viloyatida – 38 665 ta
• Samarqand viloyatida – 37 862 ta
• Farg‘ona viloyatida – 36 143 ta
• Qashqadaryo viloyatida – 32 688 ta
• Andijon viloyatida – 27 230 ta

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlari soni:

• savdo sohasida – 151 761 ta
• sanoat sohasida – 74 713 ta
• qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 41 426 ta
• qurilish sohasida – 34 772 ta
• yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 27 785 ta