Get Mystery Box with random crypto!

#sayyor_qabul Adliya: 'O‘zimiz keldik' aksiyasi Navbahorda. | Davxizmat_NAVOIY

#sayyor_qabul

Adliya: "O‘zimiz keldik" aksiyasi Navbahorda.

Navoiy viloyatining har bir hudud har bir mahallasida adliya tizimi xodimlari aholi murojaatlari va muammolarini o‘rganadilar. Bu manzil Navbahor tumanining Qalqonota qishlog‘i. Adliya bo‘limi, “Madad” huquqiy maslahat byurosi, FHDY, notarius, davlat xizmatlari markazi xodimlari sayyor qabulga o‘z masalalari yechimiga umid qilib kelayotgan odamlarni mahalla binosida qarshi oldilar. Bugun xalq adliya idoralari o‘tkazayotgan sayyor qabul va sayyor xizmat uchrashuvlaridan qolmaydi.

Aholining nikoh va tug‘ilish, FHDY arxiv hujjatlarini olishdagi masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Notarius va adliya ish yurituviga 20 dan ortiq murojaatlar olindi. 47 ta davlat xizmati ko‘rsatildi. Ta'kidlash joizki, bunday sayyor qabullarning Navbahor tumanining har bir mahallasida o‘tkazilishi va fuqarolarning tizim xizmatiga bo‘lgan ehtiyojining o‘rganilishi odamlarning yoz chillasida yo‘l ovoragarchiligi-yu, vaqtini, naqdini tejashda asqotmoqda