Get Mystery Box with random crypto!

#Adliya_xabari Adliya vazirligi mas'ullari Italiyada Ayni | Davxizmat_NAVOIY

#Adliya_xabari

Adliya vazirligi mas'ullari Italiyada

Ayni kunlarda Adliya vazirligining Davlat xizmatlari departamenti xodimlari Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi tomonidan “Oʻzbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlari taqdim etishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qoʻshma loyihasi doirasida Italiya Respublikasining Milan shahrida “Davlat xizmatlarini boshqarish” mavzusida tashkil etilgan treningda ishtirok etmoqdalar.

Treningdan asosiy maqsad – Yevropaning ilgʻor davlatlari bilan tajriba almashish, xususan davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda maʼmuriy islohotlarni tadqiq etish boʻyicha faoliyati bilan yaqindan tanishish hisoblanadi.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat