Get Mystery Box with random crypto!

Ashuro kuni 2022 yilning 8 avgust, dushanba kuniga togri kelya | م💙

Ashuro kuni 2022 yilning 8 avgust, dushanba kuniga togri kelyapti in shaa Alloh.

Ashuro qanday kun?  
Bu kun haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bu shunday yaxshi kundirki, bu kunda Alloh Bani Isroilni dushmanlaridan qutqargan. Shu bois Muso alayhissalom bu kunda ro
za tutgan. Men Musoga koproq (yaqin bolishga) haqliroqman”, dedilar va u kunda roza tutib, odamlarni ham uning rozasini tutishga buyurdilar” (Imom Buxoriy rivoyati).

Ashuro kuni roza tutish otgan bir yillik gunohlarga kafforat boladi.   Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ashuro kunining rozasi – Allohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat boladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu kunni o
tkazib yubormaslik uchun qattiq harakat qilardilar, uning savobiga erishish uchun bu kunning kelishini intiqlik bilan kutardilar. Bu haqda Ibn Abbos roziyallohu anhu aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni Ashuro kuni rozasini Ramazon oyi rozasini kutib sogingandek, boshqa kun va oy rozasini kutganlarini kormadim” (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ashuro kuni ro
zasini tutib, odamlarni ham bu kunning rozasini tutishga buyurganlarida, sahobalar: “Yo, Rasululloh! Bu kun yahudiy va nasroniylar uluglaydigan kun-ku!” deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh xohlasa kelasi yil toqqizinchi kuni ham tutamiz”, dedilar. Ammo, kelasi yil kelmasidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etdilar (Imom Muslim rivoyati).

Ulamolarimiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ushbu niyatlariga e
tiboran, Ashuro kuniga qoshib bir kun oldingi yoki bir kun keyingi kunda ham ro`za tutmoq afzal deydilar