2021-11-09 11:44:00
Ikki qo'shni bor ekan, birini uyida har kun janjal, baqir-chaqir bo'lar ekan. Ikkinchi qo'shni esa sokin yashar, uyidan baland ovoz eshitilmaskan. Janjalkash oila ularga hasad qilar ekanlar.
Axiri urushqoq ayol eriga debdi:
"Boring, kuzating-chi, nega ular hech urushmaydilar? Urushqoq ayolning eri berkinib, tinch oilani kuzata boshlabdi. Ayol yo'lakchani polini yuvayotgan edi, biroq telefon qo'ng'irog'iga chalg'ib oshxonaga kirib ketdi. Shu vaqt eri shoshib keldi-yu yo'lakchadagi pol lattaga sirpanib, yiqilib tushdi
Bu holatni kuzatib turgan qo'shni o'ziga dedi:
"Ana, hammasi tamom? hozir janjal bo'ladi!". Shu vaqt ichkaridan tinch oila bekasi yugurib chiqdi-da:
"Uzr, begim, men aybdorman. Chelakni beparvolik qilib oyoq ostida qoldiribman"- debdi
.
Eri esa
"Hechqisi yo'q, bekam,
men o'zim aybdorman. Oyoq ostiga qarashim kerak edi" dedi.
Bu holatni ko`rgan janjalkash er uyiga mahzun holda qaytib keldi va janjalkash xotiniga dedi:
"Tushunarli, men hammasini tushundim. Ularni uyida aybdorlar yashar ekan. Bizni uyimizda esa aybsizlar..."
3.4K viewsedited 08:44