Get Mystery Box with random crypto!

Assalamu Aleykum jannat qalblilarim Bir ijtimoiy rolikda ik | ❌

Assalamu Aleykum jannat qalblilarim

Bir ijtimoiy rolikda ikki yigit bir kishini ramazon oyida ovqatlanib turganini ko'rib, "ro'zadormisiz?" deb so'rashadi. Haligi kishi ha deydi. Ular kulishadi, ro'zador kishi choy ichib, ovqatlanib, yana qanday ro'zador bo'lishi mumkinligini so'rashadi kulib. Shunda u kishi:
- Yomon so'zlarni aytmayman. Birovlarni g'iybat qilmayman, qalbiga ozor bermayman. Aldamayman, tuhmat qilmayman. Hatto, boshqalar haqida yomon gumonga ham bormayman, shubhalanmayman. Nomahramlardan ko'zimni tiyaman, ortiqcha behuda so'zlar aytmayman. Ko'zim, tilim, qulog'im, qalbim ro'zada bo'ladiyu, shu faqat yaqinda oshqozonimdagi xastalik sabab davolangan edim, hech uni ro'zador qilolmayapmanda - deydi.

Shunda haligi kishi ;
-Szlarchi rozadormisizlar ?
-Yo'q biz faqat ovqat yemaymiz holos deyishdi



Yani, ro'za tutish degani vaqtincha yeyish, ichishdan cheklanish degani emas. Faqatgina ramazonda emas, butun umrimiz davomida ko'zimiz, tilimiz, quloqlarimiz, qalbimizni ro'zador qilsak bo'ladi. Ramazonda esa shunday qilishimiz shart !

Gapirayotgan so'zingizni avval tafakkur qiling - eshituvchiga nechog'lik foydali bo'ladi?
Birovlar haqida biror fikr qilishdan avval o'ylang "men uning qalbini ochib ko'rdimmi?"

shaxsiylik

@Dunyayimsan_salixem