Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi
2022-yil
26-27-noyabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining
yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.
Test sinovlari
ingliz,
nemis va
arab tillaridan
ko‘p darajali tizimda, boshqa tillardan esa
B2 va
C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.
Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun
Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
viloyatlar va
Toshkent shahrida tashkil etildi.
Unda jami
9 282 nafar talabgordan
8 774 nafari ishtirok etdi.
26 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi.
Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun
gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari
29-30-noyabr va
1-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Batafsil ma'lumothttps://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi
https://t.me/+_63cw3JC-dkwNDdi