Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ko'p daraja | Davlat Test Markazi
Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha ko'p darajali (multilevel) repetitsion (mock exam) testsinovi.
2022-yil 18-noyabr kuni Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan ingliz tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha repetitsion (mock exam)test sinovi o‘tkaziladi.
Test sinovlari barcha hududlarda tashkil etiladi va birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tgan hamda to‘lov (100 000 so‘m) ni amalga oshirgan 90 nafar talabgor test sinovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 11-noyabr kuniga qadar my.dtm.uz havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Murojaat uchun telefonlar: (95) 507-70-72 (95) 515-68-68
Taʼlimga oid eng so‘nggi yangiliklarni bilib borish uchun bizni kuzatib boring!. Yangiliklarni norasmiy sahifamizda sodda hamda barcha tushunadigan tilda o‘qib borishingiz mumkin. Reklama uchun: ...