Get Mystery Box with random crypto!

Kontrakt to‘lashning oxirgi muddati 1-martga qadar uzaytirildi | Davlat test markazi

Kontrakt to‘lashning oxirgi muddati 1-martga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2021/2022-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilar o‘qishi uchun kontrakt miqdorini to‘lashning so‘nggi muddati 2022-yilning 1-marti etib belgilandi.

Ushbu muddat quyidagilar uchun:

• to‘lov-kontrakt asosida oliy ta’lim muassasalariga talabalikka tavsiya etilganlar (magistratura, bakalavr);
• to‘lov-kontrakt asosida professional ta’lim muassasalariga o‘quvchilikka tavsiya etilganlar (texnikum, kollej);
• tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilganlar;
• o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar uchun amal qiladi.


Safimizga qoʻshiling
https://t.me/joinchat/AAAAAEqdgz9bZOF2EA4iLg