Get Mystery Box with random crypto!

​​​ Davlat test markazi alohida testda qatnashganlarning natij | Davlat test markazi

​​ Davlat test markazi alohida testda qatnashganlarning natijalarini alohida eʼlon qildi!

Rasmiy xabar berilishicha, alohida test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 973 nafar talabgordan 805 nafari ishtirok etdi, 157 nafari test sinovlariga kelmadi, 4 nafari test sinovi jarayonida, 11 nafari hududga kirishda tartib-qoidani buzganligi sababli test sinovidan chetlatildi.

DTM test sinovlarida shaffoflikni taʼminlash maqsadida alohida test sinovida ishtirok etgan abituriyentlarning maʼlumotlari va test natijalari mandat.dtm.uz saytida alohida eʼlon qilindi.


Yaʼni, istalgan fuqaro mandat.dtm.uz sayti orqali mazkur test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning maʼlumotlarini koʻrishi va ularning natijalari bilan tanishishi mumkin.

Buning uchun mandat.dtm.uz
saytining “Bakalavr-2021” boʻlimidagi “Qoʻshimcha” qismidan “Covid-19” ni tanlash kifoya.

Sahifamizga qo'shiling

https://t.me/joinchat/AAAAAEqdgz9bZOF2EA4iLg