Get Mystery Box with random crypto!

Kun.uz saytida e’lon qilingan maqola yuzasidan 2022-yil 17-no | Milliy sertifikat

Kun.uz saytida e’lon qilingan maqola yuzasidan

2022-yil 17-noyabr kuni kun.uz internet nashrida “Doktoranturadagi alg‘ov-dalg‘ov: imtihon natijalari bekor qilinishi ortida moddiy manfaat yotibdi(mi?)” nomli maqola e’lon qilindi.

Mazkur maqola so‘nggida quyidagicha fikrlar keltirilgan:

Magistratura va doktoranturaga kirish imtihonlariga qatnashish uchun darajasidan qat’i nazar til sertifikati olish mantiqsizlikdek ko‘rinadi. Ammo DTM tomonidan o‘tkaziladigan til darajasini aniqlash imtihoni to‘lov (har bir talabgor uchun 405 ming so‘m) asosida amalga oshirilishini inobatga olsak, bu mantiqsizlik ortida moddiy manfaat turganga o‘xshaydi.

Qayd etish kerakki, magistratura va doktoranturaga kirish imtihonlariga qatnashish uchun chet tili sertifikati bo‘lishi kerakligi to‘g‘risidagi talab Davlat test markazi tomonidan qo‘yilmagan va DTM bunday vakolatga ega tashkilot emas.

Shuningdek, biror hujjatda magistratura va doktoranturaga kirish uchun aynan DTMning chet tili sertifikatini olish kerak degan talab belgilanmagan. Ya’ni talabgorlar chet tilidan boshqa sertifikatlarga ega bo‘lishi ham mumkin.

Mazkur holatda jurnalist tomonidan qisqa vaqt ichida talabgorlarga chet tili imtihonlarida ishtirok etish imkoniyatini yaratib bergan DTMga nisbatan moddiy manfaatdor degan ayblov qo‘yilayotgani juda g‘alati.

Jurnalistlarda va keng jamoatchilikda chet tili sertifikati bo‘yicha qo‘yilgan talab borasida qandaydir savollar bo‘lsa, DTMga emas, tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari lozim.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube