Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi mala | Qoraqalpog’iston Respublikasi | BBA
Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi
Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi “O‘quv-uslubiy”, “Xalqaro imtihonlarni tashkil etish” hamda “Marketing va rejalashtirish” bo‘limlariga oliy ma’lumotga ega bo‘lgan malakali mutaxassislarni ishga taklif qiladi.
Mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat.
O‘quv-uslubiy bo‘limi bosh mutaxassisi:
ta’limga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar (“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlar) bilan ishlay olish;
sohaga oid xalqaro tajribalardan xabardor bo‘lish;
malaka oshirish bo‘yicha ish tajribasiga ega bo‘lish.
Xalqaro imtihonlarni tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi:
Ingliz tilini B2 yoki undan yuqori darajada mukammal bilish;
pedagogik ish tajribasiga ega bo‘lish;
sohaga oid xalqaro tajribalardan xabardor bo‘lish.
Marketing va rejalashtirish bo‘limi bosh mutaxassisi:
marketingni rejalashtirish va amalga oshirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish;
sohaga oid xalqaro tajribalardan xabardor bo‘lish;
ta’lim sohasida bozor talablaridan xabardor bo‘lish.
Talabgorlardan o‘zlari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma (obyektivka)ni telefon raqamlarini ko‘rsatgan holda ilmiy_markaz@dtm.uz elektron pochta manziliga yuborishlari so‘raladi.
Hujjatlar 20-fevralga qadar qabul qilinadi.
Imiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz