#Perevod_2022 O‘QISHNI KO‘CHIRISH TALABI RAD ETILISHIGA ASO | Davlat test markazi
#Perevod_2022
O‘QISHNI KO‘CHIRISH TALABI RAD ETILISHIGA ASOSIY SABABLAR!
Jumladan;
xorijiy davlatlarning akkreditatsiyaga ega bo'lmagan oliy ta'lim muassasalarida yoki ularning filiallarida o'qiganlarga;
respublika oliy ta'lim muassasalaridagi mavjud ta'lim shaklidan o'zga (boshqa) ta'lim shaklida o'qiganlarga;
birinchi kursning birinchi semestr tugallanmagan holatda bo‘lsa (talabaga kasallik tufayli akademik ta'til berilgan holatlar, o'qigan ta'lim yo'nalishi mavjud bo'lmaganda ko'chirib tiklash holatlari bundan mustasno);
oliy ta'lim muassasasida mos (turdosh) ta'lim yo'nalishi (mutaxassisligi) yoki ta'lim shakli mavjud boʻlmasa;
to'lov-kontrakt asosida o'qishga tavsiya etilganlar to'lovni belgilangan muddatda amalga oshirmaganda;
talabaning shaxsiy yig'ma jildi (akademik ma'lumotnoma) belgilangan muddatlarda taqdim etilmaganda;
oliy ta'lim muassasasi moddiy-texnika bazasining imkoniyati cheklanganda;
maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta'lim yo'nalishi yoki ta'lim shakliga, boshqa oliy ta'lim muassasasiga ko‘chirishda;
talaba Oʻzbekiston va xorijiy oliy ta'lim muassasalarining o'zaro kelishuvi asosida qabul qilinib qo'shma ta'lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo'lsa (mazkur qo'shma dasturning o'zi bundan mustasno);
🇺🇿 Davlat test markazining telegram kanali . Ushbu kanal orqali abituriyentlar o'zlarining istalgan savollariga javob olishlari mumkin. Testga oid barcha malumotlarni kanalda yoritib boramiz. Re...