Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ FAROSAT(O'qing, ibrat oling) Bir shohning yakkayu yolgʻi | DTMda @tushganlari (tushgan testlar kanali)

​​​​ FAROSAT(O'qing, ibrat oling)

Bir shohning yakkayu yolgʻiz zurriyodi boʻlib, u shunchalar uquvsiz ekanki, unga saltanat tugul, oddiy bir ishni topshirish ham amrimahol ekan. Oʻgʻlimni qanday hunarga oʻrgatsam ekan, deb shoh uzoq bosh qotiribdi va oxiri folbinlikni maʼqul koʻribdi. Ustoz folbinlar bu mushkul vazifani chor-nochor oʻz zimmalariga olishibdi.
Oradan yillar oʻtib, ular shahzodani saroyga boshlab kelishibdi, shoh oldida taʼzim qilib:
- Olampanoh, oʻgʻlingiz folbinlikning barcha sir-asrorlaridan voqif boʻldi - nimaiki bilsak, unga oʻrgatdik.
Shoh uzugini kaftiga yashirib, oʻgʻlini sinov qilibdi.
- Qani, ayt-chi, qoʻlimdagi nima?
Shahzoda qumga chizib, fol ochibdi:
- Qoʻlingizdagi narsaning oʻzi dumaloq, oʻrtasi teshik, - debdi nihoyat.
Shoh bundan rosa mamnun boʻlibdi.
- Barakalla oʻgʻlim! Lekin sen uning faqat alomatlarini aytding. Endi otini ham ayt-chi?
Shahzoda oʻylay-oʻylay:
- Tegirmon toshi, - deb javob beribdi.
Bu gapni eshitgan shoh peshonasiga urib, faryod chekibdi:
- Bilim kuchi bilan barcha alomatlarni topding, lekin odamning kaftiga tegirmon toshi sigʻmasligiga farosating yetmadi.

“Sharq hikoyat va rivoyatlar” kitobidan.


Siz izlagan bot
@Super_Studio_Effektbot

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi