Get Mystery Box with random crypto!

'Yomon ham yolg‘iz qolganda yig‘lasa kerak... ' 'Shallaqi a | DTMda @tushganlari (tushgan testlar kanali)

"Yomon ham yolg‘iz qolganda yig‘lasa kerak... "

"Shallaqi ayol ham uni bir soniya tildan qoldiradigan guldastani ko‘rgan-da, "ayol"ligi esiga tushsa kerak...

"Puli oshib toshib ketgan boy ham bir chetda o‘tirib, bir bog‘lam pulga - bir dona sodiq inson sotib olish mumkin bo‘lgan savdoni orzu qilar, balki..."

"Barcha yomon ko‘radigan odamning uyidagi devorda uni chin dildan yaxshi ko‘rgan inson - onasining surati osig‘liq tursa kerak..."

"Umr bo‘yi ateist bo‘lib yashagan xudosiz ham yonginasida avtoxalokat sodir bo‘lganida, beixtiyor "Xudoga shukur" deb yuborar, balki..."

"Yomonlar- biz ko‘rib, xulosa qilishimiz uchungina yaratilgan... "

Hech kimni ayblamaydigan, hammani Allohning bir xohishi va hikmati sabab "dunyo ko‘rgani" ga iymon keltirgan odam - mana shularni o‘ylaydi!!!

Ummu Zaynab Ummu

https://t.me/Rumiy_AforizmlariUz

Qalblardan ezgulik izlagan qalblar uchun ...
••┄┄┄❅┄┄┄•••
A'zo bo‘ling
@Rumiy_AforizmlariUz /
Ma'nolarning tuganmas jilosi