Get Mystery Box with random crypto!

DTM_Variantlar2022

Telegram kanalining logotibi dtm_variantlar2022 — DTM_Variantlar2022 D
Telegram kanalining logotibi dtm_variantlar2022 — DTM_Variantlar2022
Kanal manzili: @dtm_variantlar2022
Toifalar: Tillar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 235
Kanalning ta’rifi

Admin: @mandatchi_admin
Reklama @Rek_info

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-04-29 18:01:48
Зарарли одатлардан қандай қутилишни билмаяпсизми?

Китоб ўқишга вақтингиз йўқми?

Мақсадларингиз йўлида етарлича мотивацияга эга эмасмисиз?

СИЗНИ ҚИЙНАЁТГАН УШБУ МУАММОЛАРГА БИЗНИНГ КАНАЛИМИЗДА АЛБАТТА ЖАВОБ ТОПАСИЗ!

Ҳаёт йўлингизда СИЗга ёрдам берувчи, СИЗни ҳаракатга ундовчи воқеалар, буюк инсонлар томондан айтилган ҳикматли сўзлар ҳамда мотивацион аудио китоблар канали!

Шиоримиз: Биргаликда ўрганамиз!

Мақсадимиз: Инсонларни шахсий ривожланиш босқичида маънавий озуқа билан таъминлаймиз!

Тактикамиз: Кам-камдан лекин мунтазам ўз устимизда ишлаймиз!

СИЗ ШУНДАЙ АЖОЙИБ ИНСОНСИЗКИ БАЛКИ БУ ҲАҚИДА ХАЛИ ЎЗИНГИЗ ҲАМ БИЛМАССИЗ!?

t.me/JanibekYusupov
2.1K views15:01
Ochish/sharhlash
2022-04-29 16:01:56 Punktuatsiya bo‘yicha Sizdan so‘rashi mumkin bo‘lgan ma‘lumotlar 5-sinf darsligi asosida (1-qism)

Tinish belgilarining yozma nutqda qo‘llanish qoidalarini o‘rganuvchi bo‘lim punktuatsiya deyiladi. Savodxon bo‘lish, yozuv madaniyatini egallash uchun tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘llay
bilish kerak.

O‘zbek tilida 10 ta tinish belgisi mavjud.

Tire (–) bilan chiziqcha ( - )ni farqlash lozim. Tire tinish belgisi, chiziqcha (defis) esa imlo qoidalarida o‘rganiladigan belgidir.

Nuqta quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1. Darak, xabar mazmunidagi, ba’zan buyurish mazmunidagi
gaplardan so‘ng: Bobom mosh-guruch soqolli, yuzi ajinlarga to‘la
barvasta qariya edi. (I.Sulton)
2. Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir
so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng:
Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq.
Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq. (O. Matjon)
3. Tartib bildiruvchi arab raqamlaridan so‘ng: Nutq tovushlari
2 xil bo‘ladi: 1. Unli tovushlar. 2. Undosh tovushlar

Vergul quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. Sanash ohangida aytiladigan bo‘laklar – uyushiq bo‘laklar
orasida: Chetlarida jiydalar, majnuntollar o‘sgan anhorga havas
bilan qaradi. (Said Ahmad)
2. Undov so‘zlardan keyin: Iya, yubilyar ekansan-da, shoshmay tur-chi, hozir. (O‘. Hoshimov)
3. Biror shaxsga murojaat – undalmalardan keyin: O‘g‘rigina
bolam, hoynahoy, biror tiriklikning ko‘yida tomga chiqqan ko‘rinasan? (G‘afur G‘ulom)
4. So‘z takrorlansa: Shoir itoatkarona bosh irg‘ab: – O‘qiganmiz, o‘qiganmiz, – deb tan oldi. (O. Yoqubov)
5. So‘zlovchining o‘zi bildirayotgan fikrga qo‘shimcha munosabatini bildiradigan so‘zlarning ikki tomonida: Endi bu soatdan boshlab Marg‘ilondan roziman, negaki, yo‘qlab kelguvchi
sizning kabi qadrdonlar ham bo‘lur ekan. (A. Qodiriy)


Savol mazmunidagi gaplar so‘roq gaplar hisoblanadi. Ular so‘roq
so‘zlari va -mi, -chi, -a, -ya kabi so‘roq mazmunidagi qo‘shimchalar
yordamida hosil bo‘ladi:
– “Meniyam kitob qilib yozsang-chi?” – degan edingiz.
– “Sizning nimangizni kitob qilaman, oyi?” – degan edim men.
(O‘tkir Hoshimov)
Kim?, nima?, qanday?, qancha?, nima qilmoq? so‘zlari gap ichida
qo‘llanganda, ular ortidan so‘roq belgisi qo‘yiladi: Sifat turkumiga oid
so‘zlar qanday?, qanaqa?, qaysi? so‘roqlariga javob bo‘ladi.

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish ballari qancha ekanligini @mandatlar_2022_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.


➥Bizning kanal➪︎
https://t.me/DTM_variantlar2022

https://t.me/+wXpbliOYn2M0NGEy
2.5K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-04-29 15:30:37
DTM TESTLARINI TEZ, VA OSON ISHLASH VA YUQORI BALL OLISH

Siz buni bilarmidingiz? Agar bilmasangiz oxirigacha o'qing

Qanday qilib deysizmi?


Ko’pchilik bilmaydigan DTM testlarini yechishning oson yo'li bor albatta, buni darxol bilib oling va shu yilning o'zidayoq talaba bo'ling batafsil...
2.5K views12:30
Ochish/sharhlash
2022-04-29 08:28:57 #Foydali #test

O'zbek tilida xatoliklar asosan 4 turga bo'linadi:

1. Imloviy.
2. Punktuatsion.
3. Paronimlik (so'z qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik).
4. Kelishiklarni noto'g'ri qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik.


Keling, ularga birma-bir to'xtalib o'tamiz.
1. Imloviy xato - ko'pchilikka ayonki, noto'g'ri yozilgan so'zlar imloviy xatoliklar sirasiga kiradi. Masalan, ilim, mexr va hokazo.
2. Punktuatsion xato deyilganda 10 ta tinish belgi bilan bog'liq bo'lgan xatoliklar tushuniladi. Masalan, Bizning qarorimiz shu, hasharda hamma faol qatnashsin. Yuqoridagi gapda shu ko'rsatish olmoshidan keyin ikki nuqta qo'yilishi kerak.
3. Paronimlik (so'z qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik) esa bir so'z o'rnida shu so'z talaffuz va imlo jihatdan yaqin bo'lgan boshqa so'zni qo'llash tushuniladi. Masalan, Men kecha soat 22:00 da uhladim. Ushbu gapda uhlamoq(uh demoq) va uxlamoq(yotib dam olmoq) so'zlarining ma'nosini ziyrak abituriyent allaqachon anglagan bo'lsa kerak.
4. Qo'shimchalarni noto'g'ri qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik so'zlashuv uslubida juda keng tarqalgan. Masalan, Oyimla uyga o'tiribdila gapini aslida Oyimlar uyda o'tiribdilar tarzida ishlatish maqsadga muvofiq. Yoki buxoroli yigit birikmasini buxorolik yigit tarzida qo'llashimiz kerak.
Testlarda mana shu jihatlarga asosiy e'tibor berishimiz kerak.
Ayrim testlarda paronimlik xatolik, ayrim testlarda imloviy xatolik, ayrim testlarda esa punktuatsion xatolik so'raladi. Ayrim testlarda ham imloviy, ham punktuatsion xatolik so'raladi. Masalan, uning hayoli kimda ekanligini bilmayman gapini ko'pchilik abituriyentlar e'tiborsizlik natijasida imloviy xatolik deb o'ylashadi.(Ayrim o'quvchilarimdan nega bu tarzda javob berdingiz deb so'rasam, -Ustoz xayoli so'zi xato yozilgan-ku deya javob berishadi).
Aslida o'y ma'nosida chuqur til orqa yozilishi to'g'ri. AMMO SHUNI YODDA TUTISHIMIZ KERAKKI, IMLOVIY XATOLIKKA HISOBLASHIMIZ UCHUN, O'ZBEK TILIDA SIZ IMLOVIY XATO DEB HISOBLAYOTGAN SO'ZNING YOZILISHI UMUMAN MAVJUD BO'LMASLIGI LOZIM. Vaholanki, hayoli (ibo, iffat) so'zining yozilish holati (garchi ma'nosi to'g'ri kelmasa ham) mavjud. Shuning uchun bu so'z paronimlarni xato qo'llash bilan bog'liq uslubiy xatolik sirasiga kiradi.
Ukam sher yodlash maxsadida kitob sotib oldi gapida ham imloviy xatolik, ham punktuatsion xatolik mavjud.
Men ilim olishga qiziqaman gapi esa ilim so'zi imloviy xatolik sirasiga kiradi, boisi ilim degan so'zning yozilish holati o'zbek tilida uchramaydi.

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish ballari qancha ekanligini @mandatlar_2022_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.


➥Bizning kanal➪︎
https://t.me/DTM_variantlar2022

https://t.me/+wXpbliOYn2M0NGEy
3.6K viewsedited  05:28
Ochish/sharhlash
2022-04-28 16:01:08 5 yil staji bo'lgan xotin-qizlar kontrakt asosida o'qishga qabul qilinar ekanmi?

SHu kunlarda mana shunday savollar ko'paygani sababli, tushuntirish berib o'tmoqchiman.

Birinchidan, bu taklif hozircha shunchaki loyiha.

Mana bu yerda muhokama qilindi.
https://regulation.gov.uz/uz/d/59490

Ikkinchidan, ko'pchilik o'ylagandek, 5 yil staji bor barcha xotin-qizlar o'qishga qabul qilinmaydi. 500 ta kvota ajratilyapti xolos. YA'ni o'rta-maxsus ma'lumotga ega, 5 yil tajribasi bor 100 ming nafar ayollarga tavsiyanoma berilgan bo'lsa, ularning eng yuqori ball olgan 500 nafari alohida kvotada kiradi, qolganlari umumiy tartibda qatnashadi.

Uchinchidan, ushbu ayollar imtihonsiz kiradi degan tasavvur ham noto'g'ri. Hamma qatori testga kirib chiqishadi va yuqori ball olganlari kiradi.

Qolgani yuqoridagi audio xabarda tushuntirilgan.

xushnudbek

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish ballari qancha ekanligini @mandatlar_2022_bot orqali bilib olishingiz mumkin!


https://t.me/+7mlyHh_VqPk0NjRi
2.7K views13:01
Ochish/sharhlash
2022-04-28 15:31:06
#Dolzarb #Tarqating

Bu yilgi testlarda o'tgan yilgisiga nisbatan Katta oʻzgarishlar boʻladi

Har yili nimadir yangilanib, abituriyent rejalari barbod qilinadi. Bu yil ham eng katta oʻzgarishlarni barcha Abituriyentlar bilishi shart.

"Batafsil oʻqish" tugmasini bosing!
1.9K views12:31
Ochish/sharhlash
2022-04-28 08:05:50 Oliy ma’lumot olish uchun 3 yil o‘qiladigan yo‘nalishlardagi kirish ballari (1-qism)

Taʼlim yo‘nalishi: MUSIQA TAʼLIMI
Taʼlim shakli: KUNDUZGI
Taʼlim tili: O‘ZBEK TILI

Qarshi davlat universitetining Pedagogika instituti
Qabul kvotasi:
Grant: 10 | Kontrakt: 40
O‘tish ballari
Grant: 126.70 | Kontrakt: 56.7

Navoiy davlat pedagogika instituti
Qabul kvotasi:
Grant: 15 | Kontrakt: 60
O‘tish ballari
Grant: 102.00 | Kontrakt: 57

Urganch davlat universiteti
Qabul kvotasi:
Grant: 10 | Kontrakt: 40
O‘tish ballari
Grant: 111.70 | Kontrakt: 57.6

Guliston davlat universiteti
Qabul kvotasi:
Grant: 10 | Kontrakt: 15
O‘tish ballari
Grant: 89.10 | Kontrakt: 57.7

Nukus davlat pedagogika instituti
Qabul kvotasi:
Grant: 6 | Kontrakt: 25
O‘tish ballari
Grant: 100.90 | Kontrakt: 57.7

Samarqand davlat universitetining O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti
Qabul kvotasi:
Grant: 10 | Kontrakt: 40
O‘tish ballari
Grant: 91.70 | Kontrakt: 58.2

Namangan davlat universiteti
Qabul kvotasi:
Grant: 10 | Kontrakt: 40
O‘tish ballari
Grant: 102.00 | Kontrakt: 60.2

Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti
Qabul kvotasi:
Grant: 15 | Kontrakt: 35
O‘tish ballari
Grant: 111.30 | Kontrakt: 62.1

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti
Qabul kvotasi:
Grant: 15 | Kontrakt: 35
O‘tish ballari
Grant: 107.40 | Kontrakt: 65.4

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti
Qabul kvotasi:
Grant: 10 | Kontrakt: 40
O‘tish ballari
Grant: 122.20 | Kontrakt: 89.7

Qo‘qon Davlat Pedagogika Instituti
Qabul kvotasi:
Grant: 20 | Kontrakt: 30
O‘tish ballari
Grant: 111.40 | Kontrakt: 96

Toshkent davlat pedagogika universiteti
Qabul kvotasi:
Grant: 10 | Kontrakt: 40
O‘tish ballari
Grant: 139.20 | Kontrakt: 100.3

Jizzax davlat pedagogika instituti
Qabul kvotasi:
Grant: 20 | Kontrakt: 30
O‘tish ballari
Grant: 131.00 | Kontrakt: 102.5

Buxoro davlat universitetining pedagogika instituti
Qabul kvotasi:
Grant: 15 | Kontrakt: 35
O‘tish ballari
Grant: 135.10 | Kontrakt: 106.4

Farg‘ona davlat universiteti
Qabul kvotasi:
Grant: 10 | Kontrakt: 40
O‘tish ballari
Grant: 142.80 | Kontrakt: 114.2

2021 yilda ushbu taʼlim yo‘nalishida quyidagi fanlardan imtihon topshirilgan:

MAJBURIY FANLAR - 63 ball
Ona tili: 2.1 balldan 10 ta savol (jami 2.1x10=21 ball)
Matematika: 2.1 balldan 10 ta savol (jami 2.1x10=21 ball)
O‘zbekiston tarixi: 2.1 balldan 10 ta savol (jami 2.1x10=21 ball)

MUTAXASSISLIK FANLARI - 126 ball
Kasbiy (ijodiy) imtihon: (jami 126 ball)

Barcha fanlardan olish mumkin bo‘lgan MAKSIMAL BALL - 189 ballni tashkil etgan.

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish ballari qancha ekanligini @mandatlar_2022_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.


➥Bizning kanal➪︎
https://t.me/DTM_variantlar2022

https://t.me/+wXpbliOYn2M0NGEy
4.6K viewsedited  05:05
Ochish/sharhlash
2022-04-27 18:30:00
Tanazzulning sababi

Aldov yo‘li bilan diplom olgan shifokorning qo‘lida kasallaringiz o‘ladi.

Aldov yo‘li bilan diplom olgan muhandisning qo‘lida uylaringiz qulaydi.

Aldov yo‘li bilan diplom olgan hisobchining qo‘lida mollaringiz ziyonga uchraydi.

Aldov yo‘li bilan diplom olgan muallimning qo‘lida farzandlaringizning miyalariga johillik tarqaladi.


Ilmning tanazzuli – ummatning tanazzulidir!

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish ballari qancha ekanligini @mandatlar_2022_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.


➥Bizning kanal➪︎
https://t.me/DTM_variantlar2022

https://t.me/+wXpbliOYn2M0NGEy
5.6K viewsedited  15:30
Ochish/sharhlash
2022-04-27 16:24:02 Inqiloblar

1640-yil Angliyada burjua inqilobi boshlangan;

1688-yilda Angliyada “Sharafli inqilob” bo’lib o’tgan;

1775-1783-yillarda Amerika burjua inqilobi bo’lgan;

1789-yili Fransiyada “Buyuk fransuz burjua inqilobi” boshlangan;

1867-yildan Yaponiyada “Meydzi inqilobi” boshlangan;

1918-yil Germaniyada “Noyabr inqilobi” bo’lib o’tgan;

1905-yil Rossiya imperiyasida “Birinchi rus inqilobi” bo’lgan;

1905-1911-yillarda Eronda inqilob bo'lgan;

1910-1917-yillar Meksikada “Burjua inqilobi” bo’lgan;

1911-yil Xitoyda “Sinxay inqilobi” bo’lgan;

1913-yil Xitoyda “Ikkinchi inqilob” bo’lgan;

1917-yil Rossiyada “Fevral inqilobi” bo’lgan;

1920-yili Xiva xonligida “xalq inqilobi” sodir bo’lgan;

1920-yillarda Xitoyda “Buyuk milliy inqilob” bo’lgan;

1920-1930-yilarda SSSRda “Madaniy inqilob” bo’lgan;

1959-yil Kuba inqilobi sodir bo’lgan;

1963-yili Eronda “Oq inqilob” bo’lib o’tgan;

1970-yillarda Xitoyda “Madaniy inqilob” deb nomlangan siyosat amalga oshirilgan;

1979-yili Eronda islom inqilobi bo’lib o’tgan;

2000-yillarida arab mamlakatlarida “Arab bahori” nomi inqilobiy jarayonlar bo’lib o’tgan;

2003-yili Gruziyada boshlangan “Atirgullar inqilobi” yuz bergan;

2005-yili Qirg’izistonda “Lolalar inqilobi” yuz bergan;

2010-yili Qirg’izistonda “Aprel inqilobi” yuz bergan;

2011-yili Suriyada “Juma inqilobi” bo’lib o’tgan;

2014-yili Ukrainada “Rangli inqilob” yuz bergan.

Muallif: O'rol Amirov

ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish ballari qancha ekanligini @mandatlar_2022_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.

Bizning manzil
@DTM_AxborotnomasiUz
https://t.me/+7mlyHh_VqPk0NjRi

(P/S: Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )
5.3K views13:24
Ochish/sharhlash
2022-04-27 08:29:02
2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlaridagi asosiy o'zgarishlar:

Test savollarining kamaytirilgani;
Fanlar majmuasidagi o'zgarishlar;
Fan bloklarini baholash tartibi va boshqalar.




ESLATMA: 2021-2022 o'quv yilidagi o'tish ballari qancha ekanligini
@mandatlar_2022_bot orqali bilib olishingiz mumkin!

Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.


➥Bizning kanal➪︎
https://t.me/DTM_variantlar2022

https://t.me/+wXpbliOYn2M0NGEy
5.5K views05:29
Ochish/sharhlash