Get Mystery Box with random crypto!

#Juda_kerakli Test ishlashda kerakli qoidalar Zamon qo’s | DTM

#Juda_kerakli

Test ishlashda kerakli qoidalar

Zamon qo’shimchlari va unung uslubi

(1-qism)

Keldim, kelyapman, kelaman fe'llarining uchalasi ham I shaxsni bildiradi, lekin ular harakatning nutq momentiga nisbatan qachon bajarilishi yoki bajarilmasligi bilan farq qiladi.
Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq momentiga nisbatan bajarilishi yoki bajarilmaslik paytini bildiradigan shakllarga zamon shakllari, ana shunday shakllar tizimiga zamon kategoriyasi deyiladi.
Zamon turini belgilashda so'zlanayotgan nutq vaqti asosiy tayanch nuqta bo'lib hisoblanadi. Ana shunga ko'ra uch zamonga bo'linadi: 1) o'tgan zamon, 2) hozirgi zamon, 3) kelasi zamon.
I.Fe'ldan anglashilgan harakatning nutq so'zlanayotgan vaqtdan oldin bo'lib o'tganligini bildirgan shakllar o'tgan zamon shakllari sanaladi. O'tgan zamon shakllariga quyidagi shakllar kiradi: -di, -gan, -ib kabi. Masalan, kel+di, kel+gan, kel+ib+man, kel+ib+san va boshqalar. Bu shakllar garchi «o'tgan zamon» umumiy ma'nosi asosida birlashsa ham, lekin ularning har qaysisi bir-biri bilan ma'lum ma'nosiga ko'ra farq qiladi:
### -gan shakli -di ga nisbatan harakatning nutq so'zlangan vaqtdan ancha oldin ro'y berganini bildiradi.
***-ib(di) ,–ib(man), -ib(san) shakllari esa so'zlovchi nutq momentidan oldin ro'y bergan harakatni boshqa shaxsdan eshitganligini yoki oldindan kutilgan harakatning amalga oshganligani bildiradi. Masalan, O'g'rini eshakka teskari min+dir+ib+di. (Ertakdan)
* -di shakli, umuman, harakatning nutq momentidan oldin bajarilganligini bildiradi.
II. Fe'ldan anglashilgan harakat-holatning nutq so'zlanayotgan vaqtda ro'y berishi yoki bermasligini bildirgan shakllarga hozirgi zamon shakllari, shunday shakllar tizimiga esa hozirgi zamon kategoriyasi deyiladi.
Hozirgi zamon ma'nosi -yapti, -yotir, -moqda singari qo'shimchalar qo'shish orqali ifodalanadi. Masalan, yoz+yap+man , yoz+moqda+0 , yoz+ayotir+miz.
Bulardan –yap(ti), -moqda fe'l asoslariga, -yotir esa –a qo’shimchali fe'lning ravishdosh shakliga(?) qo'shiladi .
*
Hozirgi zamon shakllari ma'lum uslubga xoslangani bilan o'zaro farqlanadi, -yap(ti) uslubiy betaraf (neytral) shakl bo'lsa, -moqda, -yotir yozma nutq uslubiga xosdir.

Koʻchirib olish mumkin emas


https://t.me/DTM_UZ_Ona_tili_adabiyot