Get Mystery Box with random crypto!

Bugun ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni 2021-yil 1-noyabr ku | DTM Milliy sertifikatlari

Bugun ro‘yxatga olishning so‘nggi kuni

2021-yil 1-noyabr kuni chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovlari uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlangan edi.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish 30-noyabrga qadar davom etishi belgilangan bo‘lib, bugun mazkur test sinovi uchun ro‘yxatdan o‘tish va to‘lovni amalga oshirish (qayta topshirayotganlarga) yakunlanadi.

Test sinovlari ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, koreys, xitoy, yapon, turk, arab, fors, pushtu va hindiy tillari bo‘yicha tashkil etiladi va dekabr oyining uchinchi o‘n kunligida o‘tkaziladi.

Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tgan va belgilangan talablarni bajargan o‘qituvchilarning bazaviy lavozim maoshlariga 15 yoki 30 % miqdorida ustama belgilanadi.

@dtm_sertifikat