Get Mystery Box with random crypto!

BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi

Telegram kanalining logotibi dtm_fargona — BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi B
Telegram kanalining logotibi dtm_fargona — BMBA Farg‘ona viloyati bo‘limi
Kanal manzili: @dtm_fargona
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 294
Kanalning ta’rifi

Бу ерда Давлат тест маркази ва Давлат тест марказининг Фарғона вилояти бўлими томонидан бериб бориладиган янгиликлар билан танишиб боришингиз мумкин.

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

2

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-06 14:23:22 #Qabul2022
Yangi tashkil etilgan ta’lim yo‘nalishlari va ularga mos fanlar majmuasi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yilida tashkil etilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
95 views11:23
Ochish/sharhlash
2022-07-06 13:32:06 #Qabul2022
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi

Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni tasdiqlandi.

Unda 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
100 views10:32
Ochish/sharhlash
2022-07-06 12:21:18
#Qabul2022
2022-2023-o‘quv yili uchun Javoblar varaqasi namunasi

Davlat komissiyasining 2022-yil 22-apreldagi 13-son bayoni bilan 2022-2023-o‘quv yili qabulida kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi tasdiqlangan.

Javoblar varaqasining namunasi bilan yuqoridagi rasmda tanishish mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
99 views09:21
Ochish/sharhlash
2022-07-06 02:40:51 Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 16-17-18-iyun hamda 20-28-iyun (26-iyundan tashqari) kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin.

Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
102 views23:40
Ochish/sharhlash
2022-07-05 18:02:40 #Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 5-iyul 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 320 424 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 184 871 nafar (58 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 135 553 nafar (42 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 185 359 nafar. Shundan:

101 969 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
83 390 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Toshkent viloyati — 22 522 nafar.
Samarqand viloyati — 22 030 nafar.
Farg‘ona viloyati — 18 129 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 17 667 nafar.
Andijon viloyati — 16 259 nafar.
Toshkent shahri — 15 576 nafar.
Surxondaryo viloyati — 14 895 nafar.
Namangan viloyati — 11 549 nafar.
Buxoro viloyati — 9 690 nafar.
Jizzax viloyati — 9 411 nafar.
Xorazm viloyati — 8 095 nafar.
Navoiy viloyati — 7 914 nafar.
Sirdaryo viloyati — 7 723 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3 411 nafar.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
115 views15:02
Ochish/sharhlash