Get Mystery Box with random crypto!

Xorijiy davlatlardan oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza topshi | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Xorijiy davlatlardan oʻqishni koʻchirish boʻyicha ariza topshirganlar diqqatiga!

Ariza topshirgan talabgorlarning maʼlumotlari Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda oliy taʼlim muassasalari tomonidan tekshirilib, belgilangan talablarga toʻgʻri kelganlari “qabul qilindi”, toʻgʻri kelmaganlari esa “rad etildi”. Bu haqda DTM xabar bermoqda.

Belgilangan talablarga toʻgʻri kelmaganligi sababli arizasi rad etilgan talabgorlarga arizalarni qabul qilish yakunlangandan soʻng ham qayta ariza yuborishlari uchun qoʻshimcha imkoniyat berildi.

Xorijdan oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizasi qabul qilingan talabgorlarga test sinovida ishtirok etish uchun bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (122.500 soʻm) miqdorida toʻlovni amalga oshirish uchun invoys shakllantirildi.

Arizasi qabul qilingan talabgorlar transfer.dtm.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan invoysni yuklab olishlari va Click, Payme, UPAY, Paynet kabi elektron toʻlov tizimlari yoki bank kassalari orqali 14-avgustga qadar toʻlovni amalga oshirishlari mumkin.

Test sinovlari uchun toʻlovni belgilangan muddatda amalga oshirmagan talabgorlarning arizasi inobatga olinmaydi va test sinovlariga qoʻyilmaydi.


DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi