Get Mystery Box with random crypto!

'Testsiz oʻtayotgan 1-avgust! Vah-vah-vah... Bundan bir necha | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

"Testsiz oʻtayotgan 1-avgust!

Vah-vah-vah... Bundan bir necha yil oldin ushbu kunda butun Oʻzbekiston “qaynar” edi.

Barcha mobil operatorlar bir xil yolgʻon bahona, yaʼni “texnik profilaktika ishlari” tufayli mobil internetni oʻchirishardi. Ammo nima uchun oʻchganini yosh bola ham bilardi. Lekin ular bizni ahmoq qilishardi goʻyo... Mobil internetning bir necha soat ishlamasligi ortidan biznesga bir necha millionlab zarar yetardi, ammo masʼullar boshqacharoq zamonaviy yoʻlni qidirib koʻrmas, xuddi hech narsani bilmaganday oʻsha ibtidoiy yoʻldan borishardi...

Hamma imtihonga shoshgan, yuz minglab taqdirlar shu 2-3 soat ichida hal boʻlardi. Oʻzbekiston kelajagi shu 3 soatlik qum soat ichiga qamab qoʻyilgan edi goʻyo...

Minglab insonlar shu birgina kunni kutishar, shu birgina kun ortidan yuz minglab dollar (balki bir necha million dollardir, kim bilsin) ishlab olishardi...

Ehheyeeye, yana qanchadan-qancha xotiralar bilan qoldi, bu 1-avgustdan.

Bugun esa 1-avgust — oddiy kun. Avgust oyining birinchi sanasi xolos. Mana ketma-ket 2 yildirki 1-avgustda hatto test sinovlari ham boʻlayotgani yoʻq. Hamma xotirjam. Hech narsa oʻchmagan (mabodo oy oxirida abonent toʻlovini qilmagan boʻlsangiz, oʻchgandir balki). Hammasi bip-binoyiday ishlab turibdi.

Aytmoqchimanki, oʻzgarishlar oʻz qoʻlimizda. Faqat ozzzzgina xohish va ozzzzgina siyosiy iroda boʻlsa yetarli. Boshqa sohalarga ham mana shu ozzzzgina xohishdan ozzzzgina berishsa, gullab ketardi koʻp narsa.

Sizda ushbu kun bilan bogʻliq qanday xotiralar qolgan?

Keling, yana bir bor 1-avgust - test sinovlari bilan bogʻliq balki shirin, balki achchiq, balki quvnoq, balki qaygʻuli xotiralarni yodga olamiz.

Izohlarda fikrlaringizni kutaman." - deydi Xushnudbek

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi