Get Mystery Box with random crypto!

Abituriyentlarga qo‘shimcha 1 kun vaqt, imtihonsiz olinadigan | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

Abituriyentlarga qo‘shimcha 1 kun vaqt, imtihonsiz olinadigan abituriyentlar haqida yangiliklar

DTM kasbiy (ijodiy) imtihon va 3ta majburiy fandan test topshiradigan abituriyentlarga to‘lov qilishga ulgurmagan bo‘lsa, bugun, 28-iyul kuni 18:00gacha vaqt berdi.

5 yil stajga ega bo‘lgan xodimlar tavsiyanoma asosida sirtqi va kechki ta’lim shaklida, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar aniq bo‘ldi. Har bir tashkilot 100 nafargacha xodimga tavsiyanoma berishi mumkin. Ularning qabuli 5–25-avgustda bo‘ladi.

Tashkilotlarning to‘liq ro‘yxati

Bu yilgi qabulda istisno tariqasida respublika va Osiyo chempionatlarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlarga "Jismoniy madaniyat" va "Sport faoliyati" yo‘nalishlariga imtiyozli qabul qilinish imkoni berildi. Bunda ular 2-mutaxassislik fan va majburiy blokdan ozod qilinib, faqat 1-blok bo‘yicha ijodiy imtihon topshiradi.

Bakalavriat uchun turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi