Get Mystery Box with random crypto!

​​Iqtidorli yoshlar uchun imkoniyat: Prezident granti — abitur | Davlat Test Markazi | DTM

​​Iqtidorli yoshlar uchun imkoniyat: Prezident granti — abituriyentlikdan to magistraturagacha

Prezidentimizning tegishli qaroriga muvofiq, 2021-yildan oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakliga kirish imtihonlarida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar yoshlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti joriy qilingan.

Bu bilimli, salohiyatli, maksimal ball to‘play oladigan yoshlarimiz uchun katta imkoniyatdir, nazarimda. Prezident grantiga daʼvogar bo‘lgan abituriyentlar davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. Mazkur imkoniyat — abituriyentlikdan tortib to magistraturagacha boʻlgan tizim.

Sababi o‘qish yakuniga qadar Prezident grantini uzluksiz olgan talabalar bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga mos va turdosh mutaxassislik bo‘yicha magistraturaga kirish imtihonlarisiz, qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilinadi.


Abituriyentlarga yetkazib qo‘ying.

Bizni kuzatib boring
https://t.me/+Vzl7xjrZAxCMgeDZ