Get Mystery Box with random crypto!

Kulib yashang Ertalab uyg‘onding dard ila Yurakdan dardingni | Dream Maker 🧊

Kulib yashang

Ertalab uyg‘onding dard ila
Yurakdan dardingni olib tashla
Allohning bu etgan marhamatida 
Hayotda har kuni sen kulib yasha

Ishlaring o‘ngidan kelmasa bugun
Siqilib yonmagin bo‘lmagin tugun
Bugun yomon bo‘lsa erta yaxshi kun
Hayotda har kuni sen kulib yasha

Tashlab ketsa bugun do‘sting sirdoshing
Sendan uzoqlashsa qavmi qardoshing
Qancha dard bo‘lsa ham yetsin bardoshing
Hayotda har kuni sen kulib yasha

Yoningdan ketdimi sen ishongan qiz
Allohga nolinib qilmagin arz
Qiz bo‘lsa topilar o‘tmaysan yolg‘iz 
Hayotda har kuni sen kulib yasha

@dream_maker_uz