2021-08-21 01:04:39
Agar sizga USMLE qiziq bo'lmasa, bu post uchun vaqt sarflamangMen YouTube kanalimda chiqargan oxirgi videoga TeamKasimoffdan judayam yaxshi kritika bo'pti. Keng yoritilgan va videoda aytgan ma'lumotlarimdagi kamchiliklarni ko'rsatib berishga harakat qilgan. Bunday diskussiyalar bo'lishi, ko'proq ma'lumot paydo bo'lishiga olib keladi va ularni filtrlab olish imkoniyatini beradi. TeamKasimoffga rahmat aytaman.
Shu o'rinda aytib o'tmoqchiman. Do'stlar, muammo shuki, USMLE haqida gap ketganda ko'pchilik rezidenturaga topshrish xuquqini beradigan hujjatlarni to'plash uchun ketadigan harajatlar va vaqt haqida gapirishadi. Kritikada ham huddi shu fikr bildirilgan. "Step 1 + Step 2 + ECFMG certificate" olsang, sen rezidenturaga topshirsang bo'ladi deb yozilgan. Men esa ana shu hujjatlarni olishgacha bo'lgan jarayonga qo'shimcha ravishda rezidenturaga kirishgacha ketadigan harajatlar va vaqt haqida gapiryappan. Maqsad rezidenturaga topshirish xuququni olishgina emas, balki rezidenturaga kirish. Rezidenturaga topshirish xuquqini olishlik, siz USda institutni yangi tamomlagan shifokorlar bilan raqobat qilishga imkoniyat beradi. Rezidenturaga kirish uchun alohida harakat kerak bo'ladi.
Bek Olimjon USMLE va ECFMG ikkita jarayonga bo'lgan, aslida bu bitta jarayon deyilyapti. Ha, parallel olib ketish mumkin bo'lgan jarayonlar, lekin ikkalasiga alohida pul to'lash talab etiladi. USMLE imtihonini topshirish va litsenziya olish bilangina ish bitmaydi. Sertifikatga ega bo'lgan taqdirda ham IMG sifatida rezidenturaga matching olish bu mashaqqatli jarayon. USCE talab etiladi. Beshta yaxshi (vesi bor) tavsiyanoma olishni tavsiya etadi. Rezidenturaga topshirishda klinikalar in-person interview talab etadi. Bular esa tekinga bo'lmaydi. Inson karyerasini rejalashtirayotganda imkon qadar barcha faktorlarni inobatga olishi kerak. Narh masalasiga keladigan bo'lsak, TeamKasimoff aytganidek, let's do our own research. Har bir step qancha turishi, har bir imtihon topshirishga chet elga (misol Turkiyaga) borib-kelish qancha turishi, qBank qancha turishi, kitoblar qancha turishi, ECFMG sertifikatsiya jarayoni qancha turishi (yuqoridagi linkdagi ma'lumotga ko'ra 900$ turadi), do'xtirlar IELTSini topshirish qancha turishi (454$), USCE ga borganda siz bemorlar bilan ishlaganingiz uchun sizdan talab etiladigan sug'urtalar qancha turishi, US viza, US ga borib kelish, u yerda yashash harajatlari, health insurance qancha turishi, in-person interviewga borish-kelish, u yerdagi hotel, oziq-ovqat va hokazolar qancha turishini birma-bir ro'yhat qilib chiqing. Shunda 30000$ emas, balki 25000$ chiqar, balki 5000$ chiqar. Ana shunda siz chiqqan summaga qarab harakat qilishingiz mumkin bo'ladi. Step 1 dan o'tsam, qolgani haqida keyin o'ylayman deydigan narsa emas bu. Aniq rejalashtirishni talab etadi.
Men avval ham aytganimdek, USMLE topshirishga aslo qarshiligim yo'q. Olmoqchi bo'lganlarga men faqat va faqat muvaffaqiyat tilayman. Men uchun odamlarni USMLE dan qaytarishda hech qanday naf yo'q. Shunchaki bilganlarimni aytyappan. Agar meni bilmaydi, he is talking BS desangiz, bunga ham haqlisiz. Balki bilmagan narsam haqida gapirayotgandirman.
USMLEni faqat step 1 + step 2 olsam US da shifokor bo'lib ishlay olaman ekan degan xayolda yurgan naiv talabalar uchun, USda shifokor bo'lib ishlash uchun imtihondan o'tish va sertifikat olish o'zigina yetarli emasligi haqida aytmoqchiman.
Tahmin qilaylik, balki men TeamKasimoff aytganlaridek, haqiqatdan ham USMLE haqida o'ta detalli javoblarga ega emasdirman. Agar shunday bo'lsa, "USMLE prep day 1 to residency day 1" gacha bo'lgan jarayon uchun talab etiladigan narhlarni birma-bir yozib, cost break-down qilib chiqib, mana buncha ketadi deb keltiraylik. Xayotga real qaraylik. Kimdir berishi mumkin bo'lgan tekin USCE ni kutib emas, balki qanday qilib 5 ta joni bor, tishi o'tadigan rec letter olish uchun ketadigan harajat haqida o'ylaylik. Ana undan keyin har bir bosqich uchun qancha vaqt ketishi haqida yozib chiqaylik. Balki shunda raqamlar aniqroq ko'rinar...
1.2K viewsBek Olimjon, edited 22:04