Get Mystery Box with random crypto!

#o_armiya Uyqu organizm uchun eng muhim jarayonlardan. Uyqusi | Dostontek - shevada kontent !

#o_armiya

Uyqu organizm uchun eng muhim jarayonlardan. Uyqusiz odam aqldan ozishi mumkin..

Ko'zni ochib uxlaydiganlar bor. Lekin yurib uxlash mumkinligiga ishonasizmi?

Armiyada yurib uxlab ko'rdim bir marta.

Qish. Qahraton qish. Shunaqanggi sovuq-ki bir joyda harakatsiz turib qolsangiz qotib qolasiz. Uyqu plani* to'lmagandi.

* - Uyqu plani - odatda armiyada naryadda 24 soatda 2 soat uxlasangiz uyqu planingiz to'lgan deyilardi.

Sekin yurib, ko'zni yumib uxlab yurib ketaveribman. Oxiri sim to'siq tirsagimga tegib uyg'otvordi..

Turib uxlaganim haqida keyinroq yozaman.

@Talabahaq - armiyada pishgan blog