2022-08-29 22:34:07
Seni ko'rsam yurakda cho'g' paydo bo'lar
Seni ko'rsam qalbimda olov lovullar
Sen deding ketyapman
qoldim bir o'zim
Seni sevaman deyishga
yaramadi so'zim.
Seni bir ko'rganda yurak chiz etdi
Qalbim harorati cho'qqiga yetdi
Hozir esa ketyapsan meni yondirib
Bir so'z ham aytmay meni kuydirib.
Agar rostin gapirsam dildagi so'zni
Sevib qoldim men g'arib bir moviy ko'zni.
Yana bir bor ko'rishga berardim borim
Seni sevaman deb aytardim jonim.
Allohdan so'rayman sening qaytishing
Men keldim sevgilim deb aytishing
Ungacha men go'zal sabr qilaman
Ming bora tirilib ming bor o'laman
89 views19:34