Get Mystery Box with random crypto!

​​ #Grammidin Dori shakli: shimish uchun tabletkalar T | DORILAR DORIXONA APTEKA

​​ #Grammidin

Dori shakli: shimish uchun tabletkalar

Tarkibi:
Faol modda: Oksibuprokain, Gramisidin C, Setilpiridin xlorid
Yordamchi moddalar:
kolloid kremniy dioksidi, talk, asesulfam kaliy, yalpiz hushbo‘yi, sorbitol, magniy stearati

Farmakoterapevtik guruhi: antibiotik va antiseptik vosita

Qòllanilishi:

Og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning infeksion-yallig‘lanish kasalliklari:
– angina
– faringit
– tonzillit
– paradontoz
– gingivit
– stomatit

Qo‘llash usuli va dozalari:

Ovqatdan keyin chaynamasdan og‘izda shimish yo‘li bilan qo‘llanadi. Preparatni bevosita qo‘llagandan keyin 1-2 soat davomida ovqat va ichimliklarni qabul qilishdan saqlanish lozim.
Kattalar va 12 yoshdan oshgan bolalar uchun dozalari: 1 tabletkadan kuniga 3-4 marta.
4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun dozalari: 1 tabletkadan kuniga 1-2 marta.

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

– preparatning tarkibiga kiruvchi komponentlarga yuqori sezuvchanlik
– 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar
– homiladorlik (I uch oylik)

Nojo‘ya ta‘sirlari:

Alohida hollarda preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/+PNTqB_c28S4wODVi