Get Mystery Box with random crypto!

​​ #FARMADIPIN Dori shakli: oral tomchilar Taʼsir etuvc | DORILAR DORIXONA APTEKA

​​ #FARMADIPIN

Dori shakli: oral tomchilar

Taʼsir etuvchi moddanifedipin

Tarkibi:
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi:
Faol modda: 100 mg quruq moddaga hisoblanganda 20 mg (30 tomchi) nifedipin
Yordamchi moddalar: polietilenglikol 400, 96% li etanol


Farmakoterapevtik guruhi:
Ca (kalsiy) kanallari blokatori (asosan qon tomirlariga ta'sir etuvchi kalsiyning selektiv antogonistlari)

Qoʻllanilishi:

Arterial gipertenziya (gipertenziv krizlarni davolash maqsadida).

Qòllash usuli va dozalari:

Arterial bosim toʻsatdan va ahamiyatli oshishida kattalar uchun boshlangʻich doza 3-5 tomchini, keksa yoshdagi shaxslarga ‐ 3 tomchigachani tashkil etadi. U iloji boricha uzoqroq oģizda tutib til ostiga yoki qattiq non yoki qand boʻlagiga tomiziladi. Yetarli samara boʻlmaganida dozani klinik sezilarli samaragacha asta-sekin oshirish mumkin. Zarurat bo'lganda ( AB ni 190/100 mm sim.ust. 220/110 mm sim.ust. gacha oshganida) individual kòrsatgichlarga qarab bir martalik dozani 10-15 tomchigacha oshirish mumkin.
Farmadipin gipertonik krizni davolash uchun shoshilinch yordam preparati sifatida qoʻllanadi.
Preparatni bu dori shaklida kursiy qabul qilish uchun tavsiya qilinmaydi.
Kursli antigipertenziv davolash oʻtkazish zarurati boʻlganida, preparat va dori shaklini shifokor belgilaydi.


Qoʻllash mumkin boʻlmagan holatlar :

preparat komponentlariga yuqori
sezuvchanlikda
– kardiogen shokda
– yuqori darajada aortal stenozda
– nostabil stenokardiya
– òtkir miokard infarktida
– ileostoma yoki kolostomada
– homiladorlik va laktasiya davrida
– 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga,
paresteziya, dizesteziya, uyquchanlik.

Nojòya ta'sirlari:

leykopeniya, agranulotsitoz, allergik reaksiyalar, qichishish, eshakyemi, toshma, anafilaktik reaksiyalar, bosh og‘rig‘i, vertigo, migren, bosh aylanishi, tremor, giposteziya, paresteziya, dizesteziya, uyquchanlik, giperglikemiya, kòrishni buzilishi, kòzlarda og'riq, burundan qon ketishi, burun bitishi, dispnoe, taxikardiya, kòkrakda oģriq, qabziyat, abdominal ogʻriqlar, dispepsiya, meteorizm, koʻngil aynishi, qusish, ogʻizni qurishi, milklar giperplaziyasi, poliuriya, dizuriya.

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona