Get Mystery Box with random crypto!

O‘zbekistonda yana bir dori vositasidan ogohlantirish 'Uzfarm | DORILAR DORIXONA APTEKA

O‘zbekistonda yana bir dori vositasidan ogohlantirish

"Uzfarmnazorat" markazi “Tutukon Neo ichish uchun eritma 250 ml” dori preparatidan ogohlantirdi.

Ispaniyaning Labaratorio Miquel Y Garriga Inc, S.L. korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Tutukon Neo ichish uchun eritma 250 ml” (flakon) “Zarur ishlab chiqarish amaliyoti (GMP)” talablari buzilgan holda tayyorlanganligi aniqlangan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” yuqoridagi ma’lumotga asosan, O‘zbekistonga kirib kelgan mazkur dori seriyalari farmasevtika bozoridan qaytarib olinayotganligini ma’lum qildi.

Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona