Get Mystery Box with random crypto!

Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog

Telegram kanalining logotibi doctor_shavkatovichblog — Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog D
Telegram kanalining logotibi doctor_shavkatovichblog — Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog
Kanal manzili: @doctor_shavkatovichblog
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 18

2022-07-09 02:54:31 Live stream started
23:54
Ochish/sharhlash
2022-07-09 01:30:58
6 viewsДиёрбек Обиджонов, 22:30
Ochish/sharhlash
2022-07-08 21:11:57 Ilm yomg'ir kabidir . U yog'ganda uni qabul qiluvchi yer 3 xildir
1- turi . Yomg'irni shimib o'zidan giyoh o'stirib qolganlarga ulashadi.
2- turi. Yomg'irni shimmaydi uni hovuz qilib to'playdi uni hayvonlar ichadi .
3- turi . Yomg'irni shimmaydi ham ushlab ham turmaydi. Yomg'ir undan oqib tushib ketadi.
1- tur yer Mo'minlar- ilm oladi , o'rgatadi , amal qiladi.
2- tur yer Fosiqlar - ilm oladi, o'rgatadi , o'zi amal qilmaydi.
3- tur yer Kofirlar - ilm olmaydi ham , o'rgatmaydi ham , amal ham qilmaydi.
6 viewsДиёрбек Обиджонов, 18:11
Ochish/sharhlash
2022-07-08 13:52:28 Inson, avvalo, o'zini tanishi va bir kitob misoli o'qiy olishi kerak. O'zini o'qiy olmagan kishi butun koinotning eng nozik sirlarini bilsa ham, baribir, johilligicha qolaveradi.

Aleksis Karrel
8 viewsДиёрбек Обиджонов, 10:52
Ochish/sharhlash
2022-07-08 10:15:34 Live stream finished (7 minutes)
07:15
Ochish/sharhlash
2022-07-08 10:07:56 Live stream started
07:07
Ochish/sharhlash
2022-07-03 19:24:54 #iqtibos

Qo'shningiz g'ayri din(yahudiy, nasroniy, ateist va boshqa) bo'lsa, unutmang qo'shnilik haqqi bor. Bundan so'ralasiz.

Qo'shningiz musulmon bo'lsa, uning bizda 2 ta haqqi bor: musulmonchilik, qo'shnilik.

Ikki do'st orasiga, ikki qo'shni orasiga yoki oiladagi yaqinlar orasiga fitna solmoqchi bo'lganlar hozir judayam ko'paygan.

Provakatsiya, propaganda, manipulatsiya va fitna nazariyasi tushunchalari aynan shu nuqtalarni parchalashga, susaytirishga harakat qilishadi. Ularni maqsadi bizni mamlakatni rivojlantirish emas. Siyosiy boshqaruvni izdan chiqarib,
o'zining hukmronligini o'rnatish.
Siyosiy beqarorlikdan foydalanib, tabiiy boyliklar, muhim iqtisodiy nuqtalarni egallash. Bu orqali mamlakatni ilmiy, iqtisodiy va siyosiy sog'lom atmosferasini izdan chiqarish.
Mamlakat rivojini 2022 yildan 1900 yildagi holatga qaytarish va qaram qilish.

Yuqoridagi fitnalarga aldanmaslikni eng qulay vositasi foydalik ilmdir. Siz va bizning vazifamiz bu fitnalarga aldanmaslik, biz uchun farz-u a'yn ilmlar, so'ng farz-u kifoya ilmlar va boshqa manfaatli ilmlarni o'zlashtirishdir.

Chunki, atrofimizdagi shuncha ummat ichidan biz tibbiyot talabasi bo'ldik va uni ertaga uyalib qolmaydigan maqomda o'zlashtirishimiz lozim.

Hayotiy voqea:
Avtobusdaman. Ikkita muslima singlimizga joy bo'shatishga to'g'ri keldi va tik turib kelayapman. Ikkita amaki, yoshi 45-50 chamasi, ko'rinishidan biroz alkogol ichgan va achinarli holatda. Birdan qattiq ovozda baqira ketishdi:
" Tarbiyang bormi, kattaga joy berishni bilmaysanmi? Hozirgi yoshlar tarbiya nimaligini bilishmaydi ".
Hijolat tortgan ayollar joy bo'shatishdi.
Va gapirishda davom etishdi.
" O'qituvchilar umuman oylikka yarasha ish qilgani yo'q. Ularga umuman oylik bermaslik kerak. Bolalarni tarbiya qilishni bilishmaydi ".

Shunaqa vaziyat fitnani boshlanishi deyiladi va bu vaziyatga noto'g'ri baho berish orqali butun boshli avtobusdagi insonlarda salbiy fikrlar sekin nish ura boshlaydi. Men biroz asabiylashdim va amakilarga qarab:
" - Kechirasiz, bir qavatli uyga mo'ljallangan fundamentga 9 qavatli uy qurish mumkinmi?

- Yo'q, u bino qulaydi.

-Nimaga unda fundamenti yo'q farzandingizni maktabga yuborib, o'qituvchidan 9 etajli ko'rkam bino kutyapsiz. Men o'qituvchini farzandiman. Har qanaqa mavzuda siz bilan gaplasha olaman. Mendan so'rang, o'qituvchilarni ayblashdan oldin, bo'lmasa jim keting. Siz o'qituvchini asl maqomini bilmaysiz". Shu bilan qayta gapirishmadi.

Fitnalardan ogoh bo'ling. Ma'lumotni ishonchli manbadan oling. Duch kelgan inson gapirishi mumkin. Lekin haqiqatni gapiradiganlar juda ozchilik.
5 viewsДиёрбек Обиджонов, 16:24
Ochish/sharhlash
2022-07-01 20:23:06 Uyga qaytdik. Vapsheee yoqtiramanda o'z makonimni. Tinch. Muammosiz. Nasib etsa 2 oyga yaqin vaqt davomida shu yerda bo'lamiz. Shukur, o'qishning 2-bosqichini ham deyarli tamomladik. Ko'p narsa bera oldi bu yil. Unutilmas emotsiyalar, goh yorqin, goh g'amginroq lahzalarga, chin va soxta yuzlilarga, yaxshi-yomon kunlarga to'la bo'ldi. Alhamdulillah for all of them.
Hikmat neligini anglay oldik, nasib tushunchasini to'liq tushunib yetdik o'tkazgan yilimizda. 1 kitob qilgudek voqealar bor. Qachondir balki bu sohaga qadam qo'ygan paytimiz qalamga olishga arziydi bari.
11 viewsDiyorbek Obidjonov, 17:23
Ochish/sharhlash
2022-07-01 10:57:26 Live stream finished (18 minutes)
07:57
Ochish/sharhlash
2022-07-01 10:38:33 Live stream started
07:38
Ochish/sharhlash