Get Mystery Box with random crypto!

Og'riqlarimizga diqqat bilan nazar solsak bizga qilingan yomon | Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog

Og'riqlarimizga diqqat bilan nazar solsak bizga qilingan yomonliklarning eng yomonlarini insonlar qilganligini, eng go'zal onlarimizni esa Alloh ato qilganini anglaymiz. Biz esa shuncha haqiqatlar bilan ham Allohdan uzoqlashib, insonlarga yaqinlashmoqdamiz. Dardimizga insonlardan davo istaymiz, tabib esa Yagona Alloh! Insonlar huzurida rizq istaymiz. Razzoq esa Alloh. Insonlardan panoh so'raymiz. Himoya qiladigan Zot Alloh. Insonlardan so'rashda davom etamiz. Vaholanki, ato qiladigan Zot Alloh. Insonlar esa yordamsiz qoldirishda davom ettirishmoqda. Alloh bizni qachon yolg'iz qoldirdi?! Qachon Uning huzuriga borganingizda Uning eshigi yopiq turgan?! Qachon Uni maqsad qilganingizda U sizni qaytargan?! Qachon Unga duo qilganingizda U sizni rad qilgan?! Qachon qo'rqib, Uning huzurga kelganingizda , U sizga omonlik bermagan?! Qachon yolg'iz qolganingizda U sizga hamnishin bo'lmagan?! Barcha sizni yordamsiz qoldirganda qachon U sizga hamdard bo'lmagan?! Qachon Uni huzuriga kelganingizda U sizga joy bermagan?! Qachon uning huzuriga o'ksinib kelganingida, Usizga yordam bermagan?! Qachon undan ayblaringizni berkitishni so'raganingizda berkitmagan?! ...

"Tonggi suhbatlar"dan
Adham Sharqoviy