Get Mystery Box with random crypto!

Naqadar qo'lidan hech bir ish kelmaydigan bir parcha go'sht va | Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog

Naqadar qo'lidan hech bir ish kelmaydigan bir parcha go'sht va lahta qon ekanligimizni bugungi turk va shom diyorida bo'lib o'tayotgan hodisalar yana bir bor eslatdi. Uzoq emas, yaqinda o'z makonimizda kuzatganimiz anomal holatda ham ko'rdikki, Allohning yozganlari oldida bizniki hech nega arzimaydi. Qudrati oldida hech kimmiz! Bo'l dedimi, bo'ladi.
Robbim! Sevganingga bergan sinovingga qo'shib go'zal sabr ham ber. Yana bir bor ojizona qullik ila Sengagina bay'at etamiz. O'zingdan o'zga ishonchimiz va suyanchimiz, borguvchimiz va abadiy qolguvchimiz yo'qdir. Musilmon ahliga yengillik ber, shifoyu ofiyat ber. Qardoshlar qiynalgan paytda biz qanday tinch ko'z yuma olamiz uyquga. Iymonsizlarning Senga oshiq bo'lgan bandalaringga yomonliklari yetarli asli. Bizlarni ikki dunyoda ham muzaffarlardan et. O'zingga hamd, O'zingga sanolar bo'lsin!

Oxirimizni go'zal et!