Get Mystery Box with random crypto!

O'zingga ayon holimiz bor. Dard-u tashvish, gunohlarimiz ham o | Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog

O'zingga ayon holimiz bor. Dard-u tashvish, gunohlarimiz ham ochiqdir Senga. Va yana niyatlarimizni yolg‘iz O‘zinggagina izhor etamiz. Eng kichik sirimizgacha al-Habiyr noming ila xabardorsan.
Gunohlar tavbasiga imkon ber. Niyatlar yetuviga, dardlar darmoniga, duolar ijobatiga yetkaz bizlarni. Sabrlilardan, iymonda mustahkamlardan qil. Taqvoimiz soxta bo‘lsa, O‘zing chin taqvo ila qalblarimizni yashnat. Sendan so‘raydiganlarimiz ko‘p. Bizga O‘zinggina yetarlisan.
Oxirimizni go‘zal qil