Get Mystery Box with random crypto!

Menga o'ziz qiz toping ona... Topganlarim sizga o'xshamas, Bi | Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog

Menga o'ziz qiz toping ona...

Topganlarim sizga o'xshamas,
Biri yaxshi qizga o‘xshamas.
Chiroyli-ku, lekin sizchamas
Menga o'ziz qiz toping, Ona...

Ilmi borning amali yo‘qdir,
Ro‘molining qamali yo‘qdir,
Sizdek bo‘lsa ko‘nglimiz to‘qdir,
Menga o'ziz qiz toping, Ona...

Soddamanmi?! Topolmadim hech,
Topgan bo‘lsam yoqolmadim hech,
Yana bir yil, undan ko‘pi kech,
Menga o'ziz qiz toping, Ona...