Get Mystery Box with random crypto!

Bir kishini ikki xotini bor bo’lib, ikkisiga ham adolat bilan | Doctor_Shavkatovich| Shaxsiy blog

Bir kishini ikki xotini bor bo’lib, ikkisiga ham adolat bilan muomala qilishni xohlar ekan. Buni qarangki ikkisi bir kunda vafot etibdi. Erkak dafn ishlarini bir paytda bajaribdi. Mayyitlar yuvilibdi, tayyorlanibdi.

Navbat eshikdan chiqarishga kelibdi. Erkak o’yga botib: “Qay birini eshikdan birinchi chiqarsam, ikkinchisi keyinga qoladi, nohaqlik bo’ladi….” Darrov hovli devorini buzdiribdi, birinchi eshik yoniga ikkinchi eshikni qurdiribdi. Tobutlarni bir paytda chiqaribdi. Janoza namozi ado etilib, ikkisini yonma-yon ko’mdiribdi.

O’sha kecha tushiga, eski eshikdan tobuti chiqqan xotini kiribdi. “Xali shoshmay tur, - debdi. – Sen meni eski eshikdan chiqarding, uni yangi eshikdan, shunaqami? U dunyo-yu bu-dunyo sendan rozi emasman! Oxiratda ikki qo’lim yoqangda bo’ladi!...”

Biroz kunguli, ammo ma’noga boy, ikki (uch, to’rt) xotinlilarga majburiyatlarini, ayollari o’rtasida adolat o’rnatish qanchalik qiyin va muhimligini eslatib qo’yuvchi hikoya.