Get Mystery Box with random crypto!

​​E'tibor berganmisiz - yo'qmi, bilmadim - ku, sizning sadoqat | Doctor qizcha (D)❤️

​​E'tibor berganmisiz - yo'qmi, bilmadim - ku, sizning sadoqatda tengsiz do'stingiz bor. Qachon xohlasangiz siz bilan hamsuhbat bo'ladi. Shod paytingizda quvonchingizga quvonch qo'shadi. G'amgin pallada dardingizni oladi. Bilmaganingizni o'rgatadi. Adashsangiz, to'gri yo'l ko'rsatadi. Yaqin kishilaringiz burilib ketganida ham u sizni tark etmaydi. Xizmati uchun hech nima tama qilmaydi. Yillab unutib, tashlab qo'ysangiz indamaydi. Hatto uloqtirib yuborsangiz ham arazlamaydi. Tag'in chorlasangiz, yetib kelib, xizmatingizni qilaveradi...
...Bu do'stning nomi - Kitob!

O'tkir Hoshimov (Daftar hoshiyasidagi bitiklar) asaridan

@doctor_qizcha