Get Mystery Box with random crypto!

Hurmatli ota-onalar kelayotgan yakshanbaga ustozlar hamrohligi | Davron Mamadiyorov Kimyo

Hurmatli ota-onalar kelayotgan yakshanbaga ustozlar hamrohligida o'quvchilarimiz bilan Toshkent shahri sayohatiga borayotgan edik. Sentyabr oyidan beri farzandlaringizga haftada olti kun ikki mahaldan darslarni o'tmoqdamiz. Yetmaganiga yakshanba kunlari blok testlar olayapmiz. Deyarli barcha o'quvchilarda ham psixologik ham aqliy jihatidan charchoq bor e'tibor bersalaringiz. Shu munosabat bilan o'quvchilarni ozgina o'qishdan chalg'itgan holda, 30-aprel kuniga ob-havo iliq bo'lishini hisobga olib, sayohat tashkil qilgan edik.
Sayohat zamonaviy, barcha qulayliklarga ega Mers avtobuslari va hodimlari ishtirokida amalga oshiriladi va narxi 120 ming so'mdan.

Qadrli ota-onalar unutmang sizlarning ham farzandlaringiz boshqa bolalar kabi oddiy bola. U ham do'stlari yoki dugonalari bilan yayragisi, o'ynagisi keladi. Boshqa tengqurlaridan qolishni xohlamaydi. Bir og'iz xo'p deganingizga qanchalik quvonishini o'zingiz bir kuzating. Ozgina pulingiz va ruxsatingizni ayamasangiz farzandingiz qalbida bu kunlar o'ksiklik bilan emas ajib bir xotiralar bilan qoladi. Albatta barchasi o'zingizning ixtiyoringizda. Bir bora o'ylab ko'rishingizni so'ragan holda barcha-barchalaringizga sog'lik salomatlik tilab qolaman.
E'tibor uchun rahmat.