Get Mystery Box with random crypto!

Uy sharoitida stomatitni davolash Stomatitni uy sharoitida | DMC Innovatsion klinikasi

Uy sharoitida stomatitni davolash

Stomatitni uy sharoitida davolash mumkin, ammo bu shifokor tomonidan tavsiya etilgan terapiya uchun qo‘shimcha chora bo‘lishi mumkin xolos.

Uy sharoitidagi davolanishdan asosiy maqsad — og‘izdagi yaralardan hosil bo‘ladigan og‘riq va noqulaylik hisini qoldirish hisoblanadi. Hatto simptomlardan qisqa vaqtga xalos bo‘lish ham insonga normal ovqatlanish va dam olishga yordam beradi.

Katta yoshli insonlarda stomatitni uy sharoitida davolashga 5-10 kun vaqt talab etiladi. 
Unutmang: gerpetik va kandidoz stomatitni uy sharoitida mustaqil davolab bo‘lmaydi. Shuning uchun har qanday holatda ham stomatologga murojaat qiling. Mutaxassis kasallik sababini aniqlab, kerakli davo choralarini qo‘llaydi.

DMC klinikasida professional stomatolog konsultatsiyasiga yozilish uchun izohlarda + belgisini qoldiring


t.me/dmclinic_uz