Get Mystery Box with random crypto!

Birinchi qabul qilingan qaror taxminan 80% holatda toʻgʻri chi | Diyorbek Muhammadinov | Personal blog

Birinchi qabul qilingan qaror taxminan 80% holatda toʻgʻri chiqishi mumkin!

Biror masala yuzasidan qaror qabul qilayotganingizda hayolingizga yalt etib bir narsa keladi, keyin esa boshqa hayollar. Koʻpincha(taxminan 80% holatda) oʻsha birinchi yalt etib kelgan narsa sizning eng toʻgʻri tanlovingiz boʻlib chiqadi (Kimda shu holat kuzatilgan izohlarda yozing).

Masalan, menda koʻpincha shunaqa boʻladi. Ikki oydan buyon maqsad qoʻyishda ikkilanib yurgan edim, boshida hayolimga birinchi boʻlib kelgan narsa hozirda eng toʻgʻri qaror boʻlib chiqdi. Bu borada koʻp odamlar bilan suhbatlashdim, maʼlumotlar toʻpladim, har taraflama oʻylab chiqdim, fikrlarim bir necha marotaba oʻzgarib ketdi, LEKIN baribir birinchi qabul qilgan qarorim eng toʻgʻrisi ekan

Agar ikki oy oldin qabul qilgan qarorim boʻyicha harakat qilganimda, hozir maʼlum bir natijaga erishgan boʻlishim mumkin edi.

Oʻychi oʻyini oʻylaguncha TAVAKKALCHI ishini BITIRAR

Bu holatni juda koʻp kuzatganligim sababli, shu haqida yozishga qaror qildim