Get Mystery Box with random crypto!

Hom - hayol orzular Assalamu Aleykum yaxshimisiz qadirdonim? | Diyor Shixnazarov

Hom - hayol orzular


Assalamu Aleykum yaxshimisiz qadirdonim?

Bugun siz bilan hom - hayol orzular haqida gaplashamiz....

Bilasizlarmi? Biz orzu qiladigan narsalarimiz asosan masalan:Ko'p daromad keltiradigan,o'zingizga yoqadigan kasb,hashamatli uy, qimmat moshina, chiroyli libos, chet el sayohatlari va solih,soliha jufti halol va hakazo, lekin eng qizig'i shundaki umuman harakat qilmaymiz...


Ko'rgan insonlarimni ko'pchiligi shunday, ko'p narsani xohlashadi lekin harakatga kelganda bir joyda qotib qolishganini ko'raman...


Bir narsani aytaman orzu va xohishni o'zi kamlik qiladi...

O'rgimchak ham rizqini topish uchun to'r tashlab qo'yadi shundan keyin unga hashoratlar tushadi....


Biz hech nima qilmasdan exxeee manashu manda bo'lsaydi, qachon erishar ekanman, menga ham nasib qilarmikn, eee ola olmasam kerak va hakazolar va hom - hayol orzularga uchib o'tiraveramiz....


Faqat vaqtni bekorga ketkazishni bilamiz holos....
Bekor qolganimizda faqat va faqat cho'ntagimizdagi smartfon bilan o'zimizni ovutamiz...


O'yin o'ynaymiz, qulog'imizga naushnigimizni taqib, bo'lar - bo'lmas muzika eshitamiz, Instagram, Twitter, YouTube, Telegram, TikToklarda bo'lmag'ur narsalarni ko'rib o'tiraveramiz....

Lekin bu yoqda orzular qilib, nolishni bilamiz, qachon erisharkanman deya...

Bu g'alatimasmi?

Agar siz har bir ketayotgan soniyangizni qadirga yetmas ekansiz umuman hech narsaga erisha olmaysiz. U yog'ini Alloh biladi....

Maqsad va orzu qo'ydingizmi?
Harakatni ham qilish kerak...
Hammasiga oldin loyiq bo'lish kerak...
Solih, soliha juft xohlayabsizmi? Oldin unga loyiq bo'ling....

Yaxshi kasb, ko'p pulga ega bo'lish uchun ham unga loyiq bo'lish kerak, uninga esa harakat va mehnat talab qiladi...

Qisqasi nargi hayotimizda ham har bir soniyamizga javob beramiz...

Shunday ekan har bir soniyamizdan unumli foydalanaylik...

Tushuntira oldim degan umiddaman...
Doimo Alloh panohida bo'ling...

Hurmat ila Diyor Shixnazarov


@diyor_shixnazarov