Get Mystery Box with random crypto!

Nima bo’lyapti? Bir tanishim aytib beryapti, 18 yoshli singli | Discovery | Patience

Nima bo’lyapti?

Bir tanishim aytib beryapti, 18 yoshli singlisini Maksim Gorkiyda ishdan chiqib taksi to’xtatyotganda, PPS kelib mashinaga chiqishini so’rabdi.

Avvaliga “Hurmatli, fuqaro mashinaga o’tir, bo’lmasa kuch ishlatib majburlab o’tirgizamiz”, deya senlab gapirgan.

Mashinaga o’tirmayman, avval akamga tel qilib olayin degan singlisi. Hali akalaring bormi, deya masxoronomus gapirgan PPS ning bir xodimi.

U qiz akasiga telefon qilgan, akasi zudlik bilan yo’lga chiqqan. Akasi kelgunga qadar ham bu xodimlar kurakda turmaydigan gaplar gapirgan, telefonini berishini so’ragan.

Akasi borgunimcha biror gap gapirma, mashinasiga ham chiqma deb tayinlagani uchun qiz ham jim turgan. Akasi 10 daqiqaga qolmay yetib borgan.

Akasi borishi bilan pasportlarini bergan, lekin xodimlar endi bo’ldi, kerakmas Idoraga borasan va o’sha yerda gaplashamiz, - degan.

Akasi bilan singlisini mashinaga solib obketishgan. Va o’zlarini idoralariga olib borishgan.

4,5 soat ushlab turishgan. Avval telefoningni ber deb, olishgan. Telegram kanallarini ko’rishni boshlagan, birma-bir kanal va guruhlarni titib chiqqan, youtube ichini ham qattiq tekshirgan.

Musiqa va nashidlar eshitmaysanmi deb so’ragan, rostan ham bunday narsalar eshitmaganligi uchun hech narsa topisha olmagan. Qayerga berkitgansan, ochib ber deya do’q-po’pisa ham qilgan.

Nega qora ro’mol o’rab olgansan, jihodchilarga havas qilyapsanmi, - deya savollar bergan.

Qizni sumkasini ham birma-bir ichidagi narsalarni qarab chiqqan, ro’mol uchun ignalarni ko’rib bu qanaqa qurol, mushk ambarni ko’rib, qora ro’mol o’rab bunaqa narsa ham surasizlarmi deya masxara qilgan.

Sumkasidan Qur’on va joynomozini olib qo’yib, qaytib bermagan.

Insonni qalbi toza bo’lsa bo’ldi, joynamoz va Qur’onni olib yurishi shart emas, uyda tursa bo’ladi, - deb “nasihat” qilgan.

Kamiga himoyasiga kelgan akasini telefon va mashinalarini ham qattiq titkilab chiqqan.

Tushunyapsizmi, 18 yoshli qizga bunday ruhiy bosim berishga nima haqqi bor, kim bo’lsa ham?!