Get Mystery Box with random crypto!

#NavDPI_yangiliklari Navoiylik talaba-yoshlar o‘rtasida 1-d | DILSHOD SHAXSIY HUJJATLAR

#NavDPI_yangiliklari

Navoiylik talaba-yoshlar o‘rtasida 1-dekabr kuni “Munozara” intellektual turniri g‘oliblari aniqlandi

Navoiyda mantiqiy va mustaqil fikrlaydigan, mohirona munozara olib boradigan talaba-yoshlar o‘rtasida “Munozara” intellektual turnirining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Turnirda Navoiy davlat pedogogika instituti va Konchilik institutidan jami 4 ta jamoa qizg‘in bellashuv olib bordi.

Turnir natijalariga ko'ra, NavDPI ning “Do‘ppi” jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab, turnirning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. NavDPI ning “Irof” jamoasi 2-o‘ringa, NDKI ning “Metallurg” hamda “Fimeda” jamoalari 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi

@NavDPI_YI