Get Mystery Box with random crypto!

#ibrat Rivoyat qiladilarki ' Bir podshoh Majnunni chaqirib, u | ꧁ꕥ𝑺𝑶𝑮'𝑰𝑵𝑪𝑯᯽𝑨𝒁𝑶𝑩𝑰ꕥ꧂

#ibrat

Rivoyat qiladilarki " Bir podshoh Majnunni chaqirib, unga "Senga nima bo'ldi va nimang borki, o'zingni buncha rasvo qilding? Oilani tark etding, xarob bo'lding. Layli kim bo'pti, qanday go'zalligi bor uning? Kel, men senga go'zallarni ko'rsatay, ularni senga bag'ishlay", dedi. Go'zallar Majnunning oldiga saf tortib turganida, u aqalli boshini ham ko'tarib qo'ymadi. Shoh " Hech bo'lmasa, boshingni ko'tarib, bir nazar sol!" deya koyidi. Majnun "Qo'rqyapman, Laylining ishqi qilichini oldi, agar boshimni ko'tarsam, undan ayrilaman", dedi. Laylining ishqiga shunchalar mubtalo ediki, o'zgaga boqmoq uning uchun o'ldiruvchi qilich hisoblanardi. Aslida, boshqa go'zallarda ham ko'zlar, do'doqlar va burunlar bor edi. Laylida nimani ko'rgan ediki, bu ahvolga tushdi?

Balkim chin muhabbat boshqani ko'rmas...


#Lola
@dilozorim_n1